Yurtimizda 2025/2026 o‘quv yili 2 sentyabrdan (seshanba kuni) barcha umumta'lim maktablarida boshlanadi.
01-sentyabr 2025 yil
Mustaqilligining 34 yilligi muborak bo'lsin
Toʼrtkoʼl tumani 3-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi jamoasi, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan barchangizni samimiy muborakbod etadi.
01-sentyabr 2025 yil
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining qarori bilan yurtimiz rivoji yo'lida mehnat qilayotgan, mustaqilligimizni yanada mustahkamlash, o'sib kelayotgan yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda mehnat qilib kelayotgan bir guruh vatandoshlarimiz munosib mukofotlandi. Ular orasida Toʼrtkoʼl tumani 3-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori Matjanova Yulduzxan "Vatan fidoyisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
31-avgust 2025 yil
To‘rtko‘l tumanida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayrami keng nishonlandi
To‘rtko‘l tumani markaziy o‘yingohida mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligiga bag‘ishlangan "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida nishonlanayotgan bayram tadbirini yurtdoshlarimiz ko‘tarinki kayfiyat va Vatanimizga bo‘lgan yuksak mehr, faxr va iftixor ila nishonlamoqdalar.
29-avgust 2025 yil
Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlarni yagona shaklda yuritish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda yuritiladigan ish hujjatlarini maqbullashtirish hamda boshqaruv jarayonini ortiqcha qog‘ozbozlikdan xoli etish orqali samaradorlikka erishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining "Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlar ro‘yxati, ularning yuritish yo‘riqnomalari va shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2025-yil 22 avgustdagi 385-son buyrug‘i qabul qilindi.
Mazkur buyruq bilan:
2025/2026 o‘quv yilidan boshlab bolalar musiqa va san’at maktablarida 14 turdagi me’yoriy va o‘quv-pedagogik hujjatlar elektron shaklda (matn ko‘rinishida) yuritilishi belgilandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligiga qarashli bolalar musiqa va san’at maktablari direktorlari ishlarini muvofiqlashtiruvchi Kengashining 2025-2026 o‘quv yili bolalar musiqa va san’at maktablarining o‘quv-tarbiyaviy ishlarini tashkil etish, ta’lim sifati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha an’anaviy avgust Kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari B.Allakov ishtirok etdi.
Nukus shahri
27-avgust 2025 yil
Qoraqalpogʼiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Toʼrtkoʼl tumani 3-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi o‘quvchilari Madaniyat boʼlimida tashkil etilgan buyuk ustoz Otajon Xudoyshukurov muzeyiga tashrif buyurdilar va ustozning hayoti va ijodi haqida yaqindan tanishib, ustoz qoldirgan buyuk musiqiy meros haqida birmuncha bilimga ega boʼldilar.
2025 yil
2025-2026 o'quv yili uchun o'quvchilarni qabul qilish jarayonlaridan lavhalar
avgust oyi 2025 yil
2025-2026 o'quv yili boshlanishi, Pedogogik Kengash yig'ilishi hamda 15-avgustada bo'lim o'tgan Avgust Kengashi-2025 da bo'lib o'tgan soha yuzasidan yangiliklar va ma'lumotlar bilan tanishtirildi.
20 avgust 2025 yil
Oʼzbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi Qoraqalpogʼiston Respublikasi madaniyat vazirligi Toʼrtkoʼl tumani madaniyat boʼlimi tomonidan tashkil qilingan "Dolzarb 90 kunlik" shiori ostida "Yozgi iqtidorlar" Respublika festivalining tuman bosqichi boʼlib oʼtdi. Festivalda Tasviriy sanʼat yoʼnalishi boʼyicha Rrespublika bosqichiga, Tasviriy sanʼat sinfi oʼquvchilari Bazarbayeva Maftuna va Roʼzumbayeva Munisa, faxrli I-oʼrinni egallab, yoʼllanma oldilar. Festivalda qatnashgan oʼquvchilar oʼzlarining iqtidori bilan barchani hayratga solib, faxrli oʼrinlarni egalladilar.
20-avgust 2025 yil
Turkiston saroyida yurtimizdagi bolalar musiqa va san’at maktablari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari uchun ilk marotaba kengaytirilgan avgust kengashining Respublika o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
15-avgust 2025 yil
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʼrtkoʼl tumani 3-son bolalar musiqa va san’at maktabi Xalq cholg'ulari bo'limida “Dolzarb 90 kun” shiori ostida tashkil etilgan mashg‘ulotlar muntazam ravishda olib borilmoqda.
13-avgust 2025 yil.
Toʼrtkoʼl tumani 3-son bolalar musiqa va san'at maktabiga yangi 2025-2026 o'quv yili uchun o'quvchilarning o'qishga hujjatlarini qabul qilish jarayonlari davom etmoqda.
13-avgust 2025 yil.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʼrtkoʼl tumani 3-son bolalar musiqa va san’at maktabi An'anaviy xonandalik yo'nalishida “Dolzarb 90 kun” shiori ostida tashkil etilgan mashg‘ulotlar muntazam ravishda olib borilmoqda.
28-iyul 2025 yil
To‘rtko‘l tumanidagi 3-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida "Xalqlar do‘stligi kuni" munosabati bilan katta bayram tadbirlari tashkil etildi va bayram tadbiri doirasida turli millat vakillarining kitob ko‘rgazmasi, milliy buyumlar, qo‘l mehnati va kiyimlar ko‘rgazmasi, shuningdek Toʼrtkoʼl tumani3 son bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʼquvchilarining rgazmadi boʼlib otdi va ishtirokchilarga taqdim etildi.
27-iyul 2025 yil
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 2025 yil 26 iyundagi 308-sonli buyrug‘i va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirining 2025 yil 2 iyuldagi 111-sonli buyrug‘iga muvofiq, "Yozgi talantlar" respublika festivali doirasida madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda.
11-iyul 2025 yil
O'quvchilarning yozgi ta'til kunlarini yanada mazmunli va maroqli tashkil qilish maqsadida "Dolzarb 90 kun" shiori ostida, To'rtko'l tumani 3-son bolalar musiqa va san'at maktabi "Fortepiano " sinfi o'qituvchisi Sultanov Sherzod, o'z o'quvchilari bilan mustaqil ravishda dars mashg'ulotlarini o'tkazdi. Dars maktab tadbirlar zalida, noan'anaviy tarzda bo'lib o'tdi va o'quvchilarning ota-onalari ham qatnashdilar. O'tkazilgan dars mashg'uloti o'quvchilarda va ota-onalarda katta taassurot qoldirdi.
1-iyul 2025 yil
O'quvchilarning yozgi ta'til kunlarini yanada mazmunli va maroqli tashkil qilish maqsadida "Dolzarb 90 kun" shiori ostida, To'rtko'l tumani 3-son bolalar musiqa va san'at maktabi "Fortepiano " sinfi o'qituvchisi Madaminov Javlonbek o'quvchilari bilan mustaqil ravishda dars mashg'ulotlarini o'tkazdi.Dars maktab tadbirlar zalida, noan'anaviy tarzda bo'lib o'tdi va ota-onalar ham qatnashdilar. O'tkazilgan dars mashg'uloti o'quvchilarda va ota-onalarda katta taassurot qoldirdi.
27-iyun 2025 yil
"Dolzarb 90 kunlik" shiori ostida, 26- iyun "Giyohvandlikka qarshi kurashish kuni" munosabati bilan, To'rtko'l tumani 3-son bolalar musiqa va san'at maktabi "Tasviriy san'at" sinfi o'quvchilari orasida ko'rik-tanlov bo'lib o'tdi. O'quvchilar o'zlarining fikr va mulohazalariga asoslangan holatda, mavzuga doir rasmlar chizdilar. Ko'rik tanlovda Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi To'rko'l tumani bo'linmasi rahbari J. Settiyev va O'zbekiston badiiy akademiyasi badiiy ijodkorlar uyushmasi a'zosi A. Radjapov ishtirok etdi va baholadi. Tanlovda ishtirok etgan o'quvchilar To'rtko'l tumani hokimiyati tomonidan uyushtirilgan diplom, tasshakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. O'tkazilgan ko'rik-tanlov o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
24-iyun 2025 yil
O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat vazirligi To'rtko'l tumani 3-son bolalar musiqa va san'at maktabida 2024-2025-o'qish yilida maktabni tugatgan bitiruvchilarimizga diplomlarini topshirish marosimi bo'lib o'tdi. Maktab direktori, bifiruvchilarga xujjatlarini topshirarkan, ularga kelgusi o'qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tilab, kelajakda o'zlari tanlagan mutaxasisliklari bo'yicha oliy o'quv yurtlariga o'qishga kirib, ta'limni davom qildirishlarini tiladi va albatta vatanimiz ravnaqi uchun hissa qo‘shadigan yetuk mutaxasislar yetishishib chiqadi deya qat'iy ishonch bildirdi.
4-iyun 2025 yil
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻrtasida oʻtkazilgan nufuzli tanlovdan ajoyib xushxabar keldi!
Kuni kecha boʻlib oʻtgan ushbu tanlovda Toʻrtkoʻl tumani 3-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabining "Tasviriy sanʼat" mutaxassisligi oʻquvchisi Sobirjanova Mashhura oʻzining betakror iqtidori va tinimsiz mehnati bilan barchani lol qoldirdi. U "GRAFIKA" yoʻnalishi boʻyicha faxrli II-oʻrinni egallab, diplom bilan taqdirlandi!
Mashhuraning bu yutugʻi nafaqat uning shaxsiy muvaffaqiyati, balki Toʻrtkoʻl tumani va 3-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabining ham faxridir. Bu, shuningdek, maktab jamoasi, ustoz-murabbiylarning fidokorona mehnati va yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlash borasidagi saʼy-harakatlarining yorqin natijasidir.
30-may 2025 yil
2024-2025 o'quv yili bitiruvchilarining yakuniy davlat intixoni bo'lib o'tdi
27-may 2025 yil
Konsert davomida, o'qituvchi murabbiylarning yil davomida erishgan muvaffaqiyatlari hamda jamoat ishlaridagi faolligini e'tiborga olib, tuman hokimligining maxsus "Tashakkurnoma"larining topshirilishi, o'qituvchilar qalbida o'z ishlariga hamda faoliyatiga bo'lgan ishonchni yanada oshirdi.
O'tkazilgan "Hisobot konserti" barchaning qalbida chuqur va yorqin iz qoldirdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Shuningdek, Tasviriy san'at sinfi o'quvchilarining ko'rgazmasi ham tashkil qilinib, tashrif buyurgan mehmonlar e'tiboriga havola qilindi.
22-may 2025 yil
O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat vazirligi To'rtko'l tumani 3-son bolalar musiqa va san'at maktabida 2024-2025-o'qish yili yakunlariga bag'ishlangan yozgi "HISOBOT KONSERTI" bo'lib o'tdi. Hisobot konsertida o'quvchilarning yil davomida o'rgangan va konsert davomida ijro qilgan bir-biridan go'zal musiqiy chiqishlari, kuy-qo'shiqlari mehmonlar etiboriga havola qilindi. Ayniqsa sho'x yallalar, baxshichilik yo'nalishidagi chiqishlar, doirachilar hamda yosh maqomchilar ansambllarining chiqishlari barchaga ko'tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Shuningdek, konsert nihoyasida o'quvchilar tomonidan ijro qilingan "Xorazm lazgi" si barchani raqsga chorladi.adbirda tuman hokimi o‘rinbosari U.Allabergenov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari J.Settievlar so‘zga chiqib maktab jamoasi va o‘quvchi yoshlarni hisobaot konsert tadbiri bilan qutladi hamda o'qituvchi murabbiylarning yil davomida erishgan muvaffaqiyatlari hamda jamoat ishlaridagi faolligini e'tiborga olib, tuman hokimligining maxsus "Tashakkurnoma"larining topshirilildi. Bu e’tibor o'qituvchilar qalbida o'z ishlariga hamda faoliyatiga bo'lgan ishonchni yanada oshirdi.
O'tkazilgan "Hisobot konserti" barchaning qalbida chuqur va yorqin iz qoldirdi desak mubolag'a bo'lmaydi.
Shuningdek, Tasviriy san'at sinfi o'quvchilarining ko'rgazmasi ham tashkil qilinib, tashrif buyurgan mehmonlar e'tiboriga havola qilindi.
22-may 2025 yil
Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniyat vazirligi To'rtko'l tumani 3-son bolalar musiqa va san'at maktabi o'quvchilari, Nukus shaxrida o'tkazilgan "Xalqaro tasviriy va amaliy san'at festivali" da qatnashib, o'qivchilarning chizgan asarlari yuksak baholanib, faxrli o'rinlarni egallashdi va diplomlar bilan taqdirlandilar.
25-aprel 2025 yil
Qoraqalpog'iston Respublikasi To'rtko'l tumani 3-son bolalar musiqa va san’at maktabining 2025-2026 oʻquv yiliga moʻljallangan tadbirlari doirasida, maktabning Tasviriy san’at sinfi o’qituvchilari va o’quvchilari ishtirokida, dunyoning nufuzli muzaylari qatoridan joy olgan Igor Savitskiy nomli muzayga sayohat uyushtirildi. Sayohatda, ustoz rassom, O’zbekiston Badiiy Akademiyasi badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, Qoraqalpog’iston Respublikasida Xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi, "Мehnat faxriysi" Abdulla Radjapov hamda uning shogirdi Odilbek Seytjanov ishtirok etdi. Muzeyga uyushtirilgan sayohat davomida o’quvchilarga muzeydagi har bitta ekponat oldida tushuncha berildi. O’quvchilar o’zlarining qiziqtirgan savollariga ham aniq javoblar oldilar. Sayohat mazmunli va maroqli tarzda o’z nihoyasiga yetdi va o’quvchlar hayotida o’chmas iz qoldiradi degan umiddamiz.
21-aprel 2025 yil
Qoraqalpog'iston Respublikasi To'rtko'l tumani 3-son bolalar musiqa va san’at maktabining 2025-2026 oʻquv yiliga moʻljallangan targʻibot tadbirlari doirasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son farmonida xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O’zbekistonni barpo etish bo’yicha xohish-irodasini ro’yobga chiqarish, har bir fuqaroga o’z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog’lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlash maqsadida Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan “O’zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish maqsadida o’rta umumta’lim maktablari oʻquvchilari uchun konsert dasturlari va “Ochiq eshiklar kuni” rejalashtirilgan boʻlib shu munosabat bilan 2025 yil 10-aprel kuni konsert tashkillashtirildi.
12-aprel 2025 yil
Qoraqalpog'iston Respublikasi To'rtko'l tumani 3-son bolalar musiqa va san’at maktabining 2025-2026 oʻquv yiliga moʻljallangan targʻibot tadbirlari doirasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son farmonida xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O’zbekistonni barpo etish bo’yicha xohish-irodasini ro’yobga chiqarish, har bir fuqaroga o’z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog’lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlash maqsadida Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan “O’zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish maqsadida o’rta umumta’lim maktablari oʻquvchilari uchun konsert dasturlari va “Ochiq eshiklar kuni” rejalashtirlgan boʻlib shu munosabat bilan 30-son umumtaʼlim maktabida konsert tashkillashtirildi.
15-aprel 2025 yil
Ozbekiston va Qoraqalpog`iston madhiyalari yangraganidan so‘ng tuman adliya bo‘limi boshlig‘i M. Nuraddinov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bo‘limi rahbari J. Settiyev hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumtaʼlim maktablari vakillari qoraqalpoq va turkman tillarida tabriklarini yo‘lladilar.
Tantanali bayram tadbirining badiiy qismi tuman bolalar musiqa va san’at maktabining xor jamoasi ishtirokida Vatan haqidagi qo‘shiq bilan boshlandi.
Shundan keyin tuman madaniyat bo‘limining xushovoz xonandalari va iqtidorli yoshlar tomonidan Vatan, do‘stu-birodarlik to‘g‘risidagi kuy-qo‘shiqlar hamda raqslar mahorat bilan ijro etilib, tadbir ishtirokchilarida bayramona kayfiyat ulashdi.
9-aprel 2025 yil