To‘rtko‘l tumani 3-son bolalar musiqa va san’at maktabi 1976 yil o‘z zamonasining yangi tipdagi binosi qurib ishga tushirilgan, To‘rtko‘l tuman Nukus ko‘chasi № 30 uyda joylashgan, imorat II-tip 1 qavatli 150 o‘ringa mo‘ljallangan.
Maktabda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomda nazarda tutilgan bir qator ishlar olib borilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 8 iyuldagi PQ-910-sonli “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini tubdan yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori asosida To‘rtko‘l tumani 3-son bolalar musiqa va san’at maktabi 2009 yil qayta rekonstruksiya qilingan.
Hozirgi kunda maktabning ichki va tashqi bezatilishi zamonaviy talablarga javob beradi. Maktabda 12 yo‘nalish (fortepiano, torli cholg‘ular, estrada ijrochiligi, damli va zaribli cholg‘ular, xalq cholg‘ulari, estrada xonandalik, an’anaviy xonandalik, baxshichilik, an’anaviy cholg‘u ijrochiligi, xoreografiya, tasviriy san’at, amaliy san’ati,) 19 mutaxassislik (fortepiano, estrada-fortepiano, skripka, violanchel, qashqar rubobi, prima rubobi, dutor, doira, akkordeon, g‘ijjak, an’anaviy xonandalik, an’anaviy ijrochilik, baxshichilik, estrada xonandaligi, marinba, xoreografiya, tasviriy san’at, zardo‘zlik, kashtachilik.) bo‘yicha o‘qituvchilar musiqa va san’at sirlarini o‘rgatishmoqda.